Google kompaniyasi vakillari Pavel Durov bilan Telegram’ni sotib olish imkoniyatini muhokama qilgan. Messenjerni 1 milliard dollarga baholashgan. Bu haqda “Sekret firmi” nashri Telegram’ga yaqin manbalari va venchur bozorida ishlaydigan qator investorlarga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Google Telegram kompaniyasi rahbari va “VKontakte” asoschisi Pavel Durovni chaqirib, messenjerlar bozorini, shuningdek, ushbu bozordagi o‘z istiqbollarini muhokama qilgan, so‘ng muayyan taklifni ilgari surgan. Uchrashuv 2015-yil mayida bo‘lib o‘tgan.
Durovning o‘zi bu uchrashuvga hech qanday izoh bermadi. Messenjer yaratuvchisi ta’kidlashicha, uchrashuvda kompaniyalar hamkorligi haqida gap bormagan.
Izoh (0)