Tailand janubidagi Yala provinsiyasida qo‘lbola portlovchi qurilmaning portlashi oqibatida bir nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana besh nafari yaralandi. Bu haqda, mahalliy politsiya ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xabarida ma’lum qilinishicha, o‘n kilogrammga yaqin og‘irlikdagi portlovchi qurilma harbiylar avtomobili harakatlanayotgan yo‘l yaqiniga joylashtirilgan.
Politsiyaning taxminiga ko‘ra, sodir bo‘lgan hodisa uchun hududdagi ayirmachilar javobgar. Tailand janubida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, tartib qo‘riqchilari jangarilar yangi hujumlarni tashkil etishga urinishi mumkinligini istisno etmayapti. Chunki aynan 28-aprel kuni “Kryusedagi hodisa” nomi bilan mashhur voqeaga 12 yil to‘ladi. 2004-yilda Kryusedagi mahalliy masjidda 30 dan ortiq ayirmachilar yo‘q qilingan edi.
Izoh (0)