Sankt-Peterburgga chiptasiz uchib kelgan 11 yoshli moskvalik maktab o‘quvchisi uchun mahalliy politsiya xodimlari qaytish chiptasini xarid qiladi. Bu haqda Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“Rossiya IIVning Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi qizaloqqa aviachipta sotib olish xarajatlarini zimmasiga oladi. Moskvaga uni voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha joylashtirish markazi boshlig‘ining o‘rinbosari olib boradi va ota-onasiga topshiradi”, — deya ta’kidlagan Volk.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq qizning onasi aviakompaniya va aeroportdan tovon talab qilish niyatida ekanligi bildirilgandi.
Izoh (0)