Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

26-aprel, seshanba kuni Yaponiyaning markaziy qismida 4,8 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Milliy meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishi markazi Tokioga qo‘shni Kanagava prefekturasida, 30 kilometr chuqurlikda bo‘lgan, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Poytaxt mintaqasining barcha nuqtalarida kuchli yerosti silkinishlari sezilgan. Xavfsizlik tizimini tekshirish uchun Tokio metrosi va poytaxt hamda Osaka o‘rtasidagi tezkor ekspress harakati taxminan 20 daqiqaga to‘xtatilgan.

Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan, e’lon qilingan sunami xavfi deyarli darrov bekor qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi