Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Bert Kunders fuqarolarni vaqtinchalik Turkiyaga safar qilmay turishga chaqirdi, deya xabar bermoqda “TASS”. Bunday ogohlantirish bilan u milliy parlamentda asli turk bo‘lgan niderlandiyalik jurnalist ayolning qo‘lga olinishi masalasini muhokama qilish chog‘ida chiqish qildi.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, Niderlandiya hukumati o‘z fuqarolariga, shu jumladan, turk millatiga mansub bo‘lgan fuqarolarga ular mamlakatda o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi postlari tufayli noxush vaziyatga tushib qolmasligiga kafolat bera olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Metro gazetasining Niderlandiyada chiqadigan nashrida sharhlovchi bo‘lib ishlaydigan Ebru Umar 23-aprel, shanba kuni Izmir viloyati, Kushadasi shahridagi uyida hibsda olingandi. Bunga jurnalistning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga tanqidiy munosabati sabab bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Keyinroq u ozod etildi, biroq mamlakatni tark etmaslik haqida tilxat qoldirdi.
Izoh (0)