Vladivostokning “Admiral” xokkey klubi va Rossiya terma jamoasi darvozaboni Ivan Nalimov yo‘l-transport hodisasida aziyat chekdi. Bu haqda “PrimaMedia.ru” xabar bermoqda.
Audi Q3 mashinasini boshqarib ketayotgan golkiper yo‘l patruli xodimlaridan qochishga urinib, boshqaruvni qo‘ldan boy berdi. Avtomobil metall to‘siqni buzib o‘tib, ko‘p qavatli binoga kelib urildi. 22 yoshli sportchi hamda u bilan salonda bo‘lgan yana to‘rt kishi xavfsizlik yostiqchalari tufayli jarohatlardan omon qoldi.
Nalimovga alkogol testini topshirish taklif etildi, ammo u bundan bosh tortdi. Yaqin orada xokkeychi haydovchilik guvohnomasidan judo qilinishi mumkin.
Izoh (0)