Yangi Gvineya orolining Indoneziya joylashgan g‘arbiy qismida 26-aprel, seshanba kuni 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda, AQSh Geologiya xizmati ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, yer silkinishlarining epimarkazi Jayapura shahridan 210 kilometr janubda va Tana Mera aholi punktidan 180 kilometr shimolda, uning o‘chog‘i esa 46,6 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Izoh (0)