23-aprel, shanba kuni Toshkentning Qoraqamish mavzesida “Nurafshon” istirohat bog‘ining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Afisha.uz”. Bog‘ Turin politexnika universiteti yaqinida joylashgan bo‘lib, ko‘plarga “Oymomo” nomi ostida taniqlidir.
Bog‘ning ko‘p yillar davomida qarovsiz turgan hududi obodonlashtirildi: to‘siqlarga ega keng yo‘laklar paydo bo‘ldi, sug‘orish va yoritish tizimlari yangilandi. Markaziy kirish qismida mehmonlarni favvora kutib oladi. Yana bir kichikroq favvora esa bog‘ markazida joylashgan.
Charxpalak, tepaliklar attraksioni, shuningdek, elektromobillar yangilandi, parovoz, koptokchali basseyn, havo qasri, “baliq tutish” uchun basseyn kabi yangi attraksionlar o‘rnatildi.
Izoh (0)