25-aprel, dushanba kuni Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sujata Mehta boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif dasturida tashqi siyosat idoralari rahbarlarining o‘rinbosarlari darajasida ikki davlat siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)