O‘zbekistonlik tennischi Sanjar Fayziyev Qozog‘istonning Chimkent shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan tashkil etilgan tennis turnirining juftliklar bahsida belaruslik Andrey Vasilevski bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.
Mukofot jamg‘armasi 25 ming dollardan iborat turnirning birinchi davrasida Fayziyev/Vasilevski juftligi mezbon tennischilar Sagadat Ayap va Bo‘lat Mamir, chorak finalda Janubiy Koreya vakillari Xyun-Vu Nam va Jaye-Min Seol, yarim finalda belaruslik Maksim Dubarenko va serbiyalik Miki Yankovich duetlarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Musobaqa finalida Fayziyev/Vasilevskiy juftligi rossiyalik Markos Kalovelonis va gruziyalik Aleksandr Metreveli tandemiga qarshi kortga chiqib, 6:2, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)