Shu yilning 22–23-aprel kunlari Rossiyaning Ulyanovsk shahridagi “Volga-Sport-Arena” muz saroyida Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VI mavsum chorak finalida O‘zbekistonning Uzbek Tigers bokschilari Rossiyaning Russian Boxing Team jamoasiga qarshi jang o‘tkazadi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Uzbek Tigers jamoasi o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, rossiyalik bokschilar o‘z kvartetlari g‘olibiga aylangan edi. Har ikki jamoa bosh murabbiylari tarkibni e’lon qildi. Jahon vitse-chempioni Bektemir Meliqo‘ziyev ilk bor Uzbek Tigers tarkibiga kiritildi.
Russian Boxing Team – Uzbek Tigers
-49 kilogramm: Bator Sagaluyev – Hasanboy Do‘smatov.
-56 kilogramm: Abdulhakim Botirov – Murodjon Ahmadaliyev.
-64 kilogramm: Avak Uzliyan – Anvar Turopov.
-75 kilogramm: Aleksandr Agafonov – Bektemir Meliqo‘ziyev.
-91 kilogramm: Ilya Kvasnikov – Rustam To‘laganov.
Rossiya va O‘zbekiston jamoalaridan tashqari yarim final yo‘llanmalari uchun Kuba – Meksika, Buyuk Britaniya – Ukraina hamda Qozog‘iston – Venesuela juftliklari ham o‘zaro ringga ko‘tariladi. Musobaqaning amaldagi chempioni Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Butunjahon boks seriyasining VI mavsumi yakunida shaxsiy reyting bo‘yicha 10 ta vazn toifasida 17 nafar bokschiga Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmalar taqdim etiladi.
Izoh (0)