Ledokol Group, UZINFOCOM va Beeline kompaniyalari 20-aprel kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida bir necha mamlakatdan tashrif buyurgan ma’ruzachilarni birlashtiradigan xalqaro USENET 2016 digital-konferensiyasini o‘tkazadi. Bu haqda “O‘zekspomarkaz”da tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
O‘tgan yillardagi kabi, konferensiyani Ledokol Group kompaniyasi tashkillashtiradi. Bosh axborot homiysi — Rossiyadagi Mail.Ru Group kompaniyasi, strategik hamkor — UZINFOCOM axborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish markazi.
Digital-konferensiyaning yuzlab ishtirokchilari uchun O‘zbekiston, Ozarbayjon, Q‘irg‘iziston va Rossiya vakillari bo‘lgan o‘nlab spikerlar ikki kun mobaynida USENET’ning ikki seksiyasi doirasida ma’ruzalar o‘qiydi.
Avval USENET konferensiyalari Toshkentda 2011 va 2012-yillarda o‘tkazilgan. Internetda biznesni rivojlantirish, videoreklama, messenjerlar, ijtimoiy media, SMM, reklama bozorining monitoring va o‘lchovlari, elektron savdo, internet OAV va muvaffaqiyatli startaplar USENET 2016 ning asosiy mavzulariga aylanadi.
Izoh (0)