O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Ispaniyaning Barselona shahrida davom etayotgan, mukofot jamg‘armasi 2 million 428 ming 355 yevroni tashkil qiluvchi ATP turkumidagi Barcelona Open Banc Sabadell tennis turniridagi ishtirokini yakunladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekistonlik tennischi musobaqaning ilk davrasidayoq ispaniyalik Pablo Karrenyo-Bustaga ikki setda ham bir xil – 5:7, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va turnir bilan xayrlashdi.
Taqqoslash uchun, Karrenyo ATP reytingida 49, Istomin esa 73-o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, ATP Barcelona Open Banc Sabadell turniri g‘olibi 460 ming yevro mukofot puli hamda 500 reyting ochkosiga ega bo‘ladi. Birinchi bosqichda qatnashgan barcha 64 nafar tennischi esa 7 950 yevro mukofot puli bilan taqdirlanadi.
Izoh (0)