Turkiya bugungi kunga qadar 2,7 million suriyalik qochqinni qabul qildi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li Yevropa Kengashi parlament assambleyasidagi chiqishida bayonot berdi.
“Hozirgi vaqtda 2 million 700 ming suriyalik birodarlarimiz va singillarimiz, 300 nafar iroqlik hamda boshqa davlatlar fuqarolari bizning yurtimizda istiqomat qilmoqda”, — uning so‘zlarini keltiradi “RIA Novosti”.
Shuningdek, Davuto‘g‘li Turkiya shu paytga qadar muhojirlarni ta’minlashga 10 milliard dollar sarflaganini bildirdi.
“Jahon hamjamiyatining yordami bilan bizga yarim milliard dollar ham taqdim etilmadi. Do‘stlarimiz bu mas’uliyatni o‘ziniki deb bilmayapti”, — ta’kidladi siyosatchi.
Izoh (0)