Tayvan orolidan shimolda 11-aprel, dushanba kuni 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Tayvan markaziy axborot agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Yer silkinishlari Ilan shahridan shimolda mahalliy vaqt bo‘yicha 13:45 da (Toshkent vaqti bo‘yicha 10:45) qayd etildi. “Sinxua” agentligining ma’lum qilishicha, zilzila o‘chog‘i 50 kilometr chuqurlikda joylashgan. Shaharning o‘zida uning magnitudasi 4, poytaxt Taybeyda esa 2 ni tashkil etgan.
Qurbonlar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumotlar kelib tushmagan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, yer silkinishining magnitudasi 4,5 dan 4,9 gacha bo‘lgan.
Izoh (0)