Misr va Saudiya Arabistoni ikki davlat o‘rtasidagi dengiz chegarasini delimitatsiya qilish haqidagi kelishuvni imzoladi. Mazkur kelishuvga ko‘ra, Qizil dengizdagi Qohira nazoratida bo‘lgan bahsli Tiran va Sanafir orollari Ar-Riyodga o‘tdi, deya xabar beradi “TASS”.
“Orollar Saudiya Arabistoni hududiy suvlariga rasman kiritildi. Bu ikki mamlakatga ham maxsus iqtisodiy hududdan naf olishga imkon beradi”, — deyiladi 9-aprel, shanba kuni e’lon qilingan Misr hukumati bayonotida. Imzolangan hujjat parlament tomonidan ratifikatsiya qilinishi lozim.
Bir qator ekspertlar va muxolifatchilar ushbu kelishuvning qonuniy ekanligiga shubha bilan qaramoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq ikki davlat Qizil dengiz bo‘ylab o‘tuvchi hamda Misrning Sinay yarim orolini Saudiya Arabistoni bilan bog‘lovchi ko‘prik qurilishi haqida kelishib olgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)