Kuni kecha Afg‘onistonda yuz bergan zilzila oqibatida Pokistonda qurbon bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi. Bu haqda Financial Express nashri ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Avvalroq to‘rt kishining halok bo‘lganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Yer silkinishi Afg‘onistondagi Ashkasham shahridan 50 kilometr janubda, Hindikush hududida qayd etilgan. Uning o‘chog‘i 211 kilometr chuqurlikda joylashib, magnitudasi 6,8 ni tashkil qilgan.
Xayber-Paxtunxva viloyatining markazi Peshovarda 28 kishining jabrlanganligi ta’kidlanmoqda.
Yer silkinishi Xayber-Paxtunxva va Panjob viloyatlarida sezilgan. U uch daqiqaga yaqin davom etgan, aholi binolarni tark etgan. Zilzila haqida Lahor, Islomobod, Peshovar, Svat, Chitral, Mardan, Koxat va Kashmir shaharlarida ma’lum qilingan.
10-aprel kuni Afg‘oniston va Pokiston chegarasi yaqinida ro‘y bergan yer silkinishi Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston hududida sezildi.
Izoh (0)