“Barselona” klubi yarim himoyachisi Andres Inyesta “Real Sosyedad”ga qarshi (0:1) Ispaniya chempionati 32-turidan so‘ng, joriy mavsum boshida jamoa oldiga murakkab vazifalar qo‘yilganini aytdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
“Hech kim ‘Barselona’ga oson bo‘ladi, deb aytmagan edi. Biz o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlarimizni takrorlashni xohlaymiz va buni jamoa bilan birga amalga oshiramiz”, – deb yozadi Inyesta o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Ma’lumot o‘rnida, kataloniyaliklar Ispaniya chempionati 32-turidan so‘ng 76 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinda borayotgan “Atletiko” va “Real” hisobida mos ravishda 73 va 72 ochko mavjud.
Izoh (0)