MDH davlatlari hukumatlarining rahbarlari kengashi 2016-yilning 7–8-iyun kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda joriy yilda MDHda raislik qilayotgan Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Raisligimiz doirasida Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkekda 2016-yilning 7–8-iyun kunlari MDH hukumatlari rahbarlari kengashi, 2016-yilning 15-sentabrida tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi. Asosiy tadbir esa, albatta, 16-sentabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tadigan yubiley sammitidir”, — deb ta’kidladi vazir.
Izoh (0)