Tailand malikasi Maxa Chakri Sirindxorn ilk bor Qirg‘izistonga tashrif buyurdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Rasmiy tadbirlar doirasida Tailand malikasi Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev va uning turmush o‘rtog‘i Raisa Atambayeva bilan uchrashadi”, — deyiladi Qirg‘iziston TIV xabarida.
Mehmon Qirg‘iziston milliy universitetida bo‘ladi, bu yerda unga faxriy professor unvoni taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Konfutsiy instituti faoliyati bilan tanishuv, Aytiyev nomli tasviriy san’at milliy muzeyiga tashrif ham kun tartibidan o‘rin olgan.
Malika Chuy va Issiqko‘l viloyatlarida bo‘lib, bu yerdagi buddaviylik yodgorliklarini ko‘zdan kechirishi ham kutilmoqda.
Izoh (0)