Toshkentdagi Gyote instituti Germaniyaning Schlingel xalqaro kinofestivali va “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan hamkorlikda Toshkent (28-aprel—1-may) va Farg‘onada (3—5-may) navbatdagi “Shum bola” kinofestivalini o‘tkazadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Institut vakillarining ma’lum qilishicha, tomoshabinlar Germaniyaning Xemnits shahrida o‘tkazilgan Schlingel bolalar va o‘smirlar kinofestivalida namoyish etilgan filmlar bilan tanishishi mumkin. Shuningdek, ularga o‘zbek kino ustalarining animatsion filmlari ham namoyish etiladi.
Festival doirasida animatsiya san’ati bo‘yicha nemis mutaxassislari Toshkentdagi Gyote instituti hamkor maktablari o‘quvchilari uchun mahorat saboqlarini o‘tadi.
Izoh (0)