Xonanda Lola Yo‘ldosheva “Darakchi” gazetasining “Onlayn-yulduz” loyihasida mehmon bo‘lib, muxlislarni qiziqtirgan savollariga javob qaytardi. Savollardan biri uning xulq-atvori farzandlariga qanchalik ta’siri qilishi haqida bo‘ldi, deb yozadi “Darakchi” gazetasi.
— Ochiq-sochiq kiyimlar, gaplaringiz, o‘zingizni tutishingiz ona sifatida bolalaringizga qanday ta’sir qilishi haqida o‘ylaysizmi?— Farzandlarim har narsada mendan o‘rnak olib kelishyapti. Hatto bugun qizimning kiyinishi, gap-so‘zi va o‘zini tutishida ham o‘z aksimni ko‘ryapman. Bundan faqat xursandman.
Izoh (0)