Short-trek bo‘yicha sobiq Jahon chempioni, Janubiy Koreya vakili No Jin Gyu 23 yoshida saraton xastaligidan vafot etdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Sportchining opasi, konkida yuguruvchi No Son Yen o‘zining Facebook’dagi sahifasida No Jin Gyuning 3-aprel, yakshanba kuni vafot etganini ma’lum qildi.
2013-yilda No Jin Gyuning chap yelkasida bezarar o‘simta borligi aniqlangan, biroq jarrohlik amaliyoti sportchining Sochi–2014 qishki Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi sababli qoldirilgan edi. No Jin Gyu Sochi–2014 o‘yinlariga bir oy qolganida, mashg‘ulotlar vaqtida tirsagini sindirib olgandi. Tibbiy tekshiruvdan so‘ng unda osteosarkoma borligi ma’lum bo‘lib, o‘simta 13 santimetrgacha kattalashishga ulgurgan edi.
Shundan so‘ng No Jin Gyu o‘zini yaxshi his qila boshladi. O‘tgan yili esa u 2022-yili Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish niyati borligi haqida aytib o‘tgandi. Lekin uning ahvoli yana og‘irlashdi.
No Jin Gyu 2011-yilda 1500 va 3000 metr masofada jahon rekordini o‘ratgan edi. O‘sha yilning o‘zida u ko‘pkurash bo‘yicha Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgandi.
Izoh (0)