Xonanda Lola (Yo‘ldosheva) sobiq turmush o‘rtog‘ining yana uylangani haqidagi xabarga bolalari qanday munosabat bildirganini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Farzandlarim ancha ulg‘ayib qolgan, hamma narsani o‘zi tushunib yetadigan yoshda. Shuning uchun hayotimizdagi bu o‘zgarishlarni ulardan yashirmadik. Ular ham, o‘z navbatida, buni to‘g‘ri qabul qilishdi”, — dedi xonanda.
“Yo‘q, bolalarim bundan xafa bo‘lishmadi. Hatto to‘ydan bir hafta o‘tgach, dam olish kunlarini o‘tkazish uchun dadasining uyiga borishdi”, — deydi Lola.
“Bolalarim sobiq turmush o‘rtog‘imning rafiqasiga ‘opajon’ deb murojaat etishyapti. Uning ham bolalarga munosabati yaxshi. Ona sifatida men ham bundan xursandman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.
Izoh (0)