Tailandning markaziy qismidagi Nakxonpatxom provinsiyasida yo‘lovchi poyezdining avtobus bilan to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jabrlandi. Bu haqda Voice TV telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, to‘qnashuv Toshkent vaqti bo‘yicha 05:30 da yuz bergan. Jabrlanganlarning aksariyati Rayong provinsiyasining Samet oroliga sayyohlar guruhini olib borayotgan avtobusning yo‘lovchilaridir.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning barchasi Tailand fuqarolaridir. Avtobus haydovchisi voqea joyida qurbon bo‘ldi. Yana bir yo‘lovchi olgan jarohatlari natijasida shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)