Avstraliyaning asosiy qismi qishki vaqtga o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Shimoliy yarimsharning aksariyat mamlakatlari hozir yozgi vaqtga o‘tayotgan, ya’ni soat millarini bir soat oldinga surayotgan bir paytda, janubiy yarimsharda joylashgan Avstraliya qishga tayyorlanmoqda (1-iyundan boshlanadi) va soat millarini bir soat orqaga o‘tkazdi.
Mamlakatning eng aholisi tig‘iz joylashgan ikki shtati — poytaxtlari Sidney va Melburn bo‘lgan Yangi Janubiy Uels va Viktoriyaning aholisi qishki vaqt bo‘yicha yashay va ishlay boshladi. Kanberra va Tasmaniya orolida ham vaqt xuddi shu tariqa o‘zgartirildi.
Qit’aning g‘arbiy qismida joylashgan G‘arbiy Avstraliya shtatida vaqt umuman o‘zgartirilmaydi. Janubiy Avstraliya shtatida esa o‘tgan kecha, 2-aprel kuni soat millari bir soat ortga surildi.
Izoh (0)