Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko yadroviy xavfsizlik bo‘yicha Vashingtonda o‘tkazilgan sammitda BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bilan muzokaralar o‘tkazib, uni Chernobil atom elektr stansiyasidagi avariyaning 30 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan marosimga taklif qildi. Bu haqda, Ukraina rahbari matbuot xizmatiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Keyinroq Pan Gi Munning vakili Stefan Dyujarrik bosh kotib ushbu taklifni ko‘rib chiqishini bildirdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Rossiyada qamoq jazosiga hukm qilingan ukrainalik uchuvchi ayol Nadejda Savchenkoning taqdiri hamda Donbassdagi vaziyat yuzasidan Minsk kelishuvlarining amalga oshirilishi borasida fikr almashildi.
Izoh (0)