Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi AQSh prezidenti Barak Obamaning qizlari Natasha (qisqacha Sasha) va Maliyaga dastxati tushirilgan futbolkalarni sovg‘a qildi, deb xabar beradi 101 Great Goals.
AQSh prezidenti Barak Obama o‘tgan haftada Argentinaga tashrifi chog‘ida qizlariga Messi bilan uchrashuv tashkil qila olmayotganidan noligani haqida xabar berilgan edi. O‘z navbatida, argentinalik 28 yoshli futbolchi prezidentning u bilan uchrashuv tashkil qila olmaganiga o‘z munosabatini bildirgan edi.
Izoh (0)