Pekin hukumati shahar aholisi o‘z qarindoshlari uchun ekologik toza dafn marosimini tanlashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni qabul qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Pekin fuqarolik ma’muriyati boshqarmasi vakili Li Xuey ma’lum qilishicha, shahar hukumati fuqarolarning kichikroq hajmdagi qabrlarni hamda jasad kulini dengizga yoki daraxtlar oldiga sochish kabi ekologik toza dafn marosimlarini tanlashiga ko‘maklashadi. Bu yer tanqisligi va atrof-muhit ifloslanganligi tufayli amalga oshirilmoqda.
Besh yillik rejaga muvofiq, Pekin hukumati marhum qarindoshlarining xokini dengizga sochishga qaror qilganlarga 4 ming yuan (taxminan 611 dollar)dan to‘laydi.
Ta’kidlanishicha, 2015-yilda Pekindagi dafn marosimlarining 46 foizi ekologik toza bo‘lgan, shahar hukumati ushbu ko‘rsatkichni 2020-yilgacha 50 foizdan oshirmoqchi.
Izoh (0)