Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi Dog‘istonning Tabasaran tumanida sodir bo‘lgan portlashni huquq-tartibot idoralari tomonidan teraktning oldi olinishi sifatida baholadi. Bu haqda qo‘mita axborot markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“30-mart, chorshanba kuni tushki payt Tabasaran tumanidagi Sirtich qishlog‘i chekkasida politsiyaning mobil guruhi xodimlari Derbent tomonga ketayotgan yengil avtomobilni to‘xtatishga harakat qildi. Ta’qibdan qochish befoyda ekanligini anglagan jinoyatchilar qo‘lbola portlovchi qurilmani harakatga keltirdi va buning oqibatida kuchli portlash ro‘y berdi. Portlash tufayli ta’qibda ishtirok etgan politsiya xodimi o‘limga olib kelgan jarohat oldi”, — deyiladi axborot markazi xabarida.
Qo‘mita tinch aholi o‘rtasida qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q ekanligini bildirgan.
Izoh (0)