O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 30-mart kuni Oqsaroyda Germaniya Federativ Respublikasi federal tashqi ishlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Frank-Valter Shtaynmayyerni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlab, ushbu uchrashuv o‘zaro hamkorlik bo‘yicha fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lib, O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va doimiy aloqalarning uzviy qismi ekanini ta’kidladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Germaniya hamkorligiga doir boshqa masalalar, jumladan, madaniy-gumanitar aloqalarni izchil rivojlantirish, ta’limga oid qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim masalalar ham muhokama qilindi.
GFR tashqi ishlar vaziri samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, Germaniya rahbariyati o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidladi.
Izoh (0)