Misr EgyptAir aviakompaniyasiga qarashli samolyotni garovga olgan Sayf ad-Din Mustafoni ekstraditsiya qilish haqidagi talabnomani Kiprga yubordi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Samolyotni 29-mart kuni garovga olgan jinoyatchi Larnakada hibsga olingan bo‘lib, sud qarori bilan sakkiz kunga qamoqqa olingan.
Eslatib o‘tamiz, 59 yoshli Sayf ad-Din Muhammad Mustafo 30-mart, chorshanba kuni sudga olib kelindi. Unga havo transport kemasini olib qochganlik, odamlarni o‘g‘irlash, aksilterror qonunchilikka zid xavfli harakatlarga qo‘l urganlik ayblari qo‘yilishi mumkin.
Izoh (0)