Kipr sudi EgyptAir aviakompaniyasining A320 laynerini olib qochgan shaxsni 8 kun hibsda qoldirishga qaror qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
59 yoshli Sayfiddin Muhammad Mustafo 30-mart, chorshanba kuni sudga olib kelindi. Unga havo transport kemasini olib qochganlik, odamlarni o‘g‘irlash, aksilterror qonunchilikka zid xavfli harakatlarga qo‘l urganlik ayblari qo‘yilishi mumkin.
Xabar berishlaricha, uning o‘zi sudda qilmishlariga izoh bermagan.
Kipr rasmiylari Mustafoni ruhiy beqaror shaxs sifatida ta’riflab, mazkur hodisaning terrorchilikka aloqasi yo‘qligini ta’kidlamoqda. Uni bu harakatga undagan sabablar hozircha noma’lum.
Politsiya vakillarining ma’lum qilishicha, Mustafo: “24 yil davomida xotini va bolalarini ko‘rmagan, buning uchun Misr rasmiylaridan ruxsat ololmagan kishidan yana nimani kutish mumkin?”, — degan.
Izoh (0)