29-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Misrning A-320 samolyotini garovga olgan shaxs ushlandi. Nafaqat kunning, balki yilning eng g‘alati voqealaridan biriga Kipr mezbonlik qildi.
2. Sardor Rashidovning goli O‘zbekiston termasiga Bahrayn ustidan g‘alaba keltirdi. Milliy terma jamoa bu o‘yin natijasidan qat’iy nazar saralashning keyingi bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgandi.
3. “Toshshahartransxizmat” rahbari Toshkentdagi avtobus yong‘inlarining sabablariga oydinlik kiritdi. Yaqin 1—2 oy ichida avtobuslar uchun barcha zaruriy ehtiyot qismlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Germaniyadan keltiriladi.
4. Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘li yaqin yillarda qurib bitkaziladi. Bundan tashqari, Sirg‘ali tumaniga yer usti metro yo‘li o‘tkazilishi rejada borligi ta’kidlandi.
5. Alisher Uzoqov ijtimoiy tarmoq orqali sog‘-omonligini ma’lum qildi. “Do‘stlar, men tirikman! Sog‘man! Ha, shu bilan birga men kalman!!!”, — deb yozdi san’atkor o‘z sahifasida.
Izoh (0)