Rossiyalik milliarder Mixail Gutseriyevning o‘g‘li Saidning to‘yida Jennifer Lopes, Sting, Enrike Iglesias va Alla Pugachyova chiqish qildi, ular uchun 3 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflandi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Nikoh oqshomi 26-mart kuni “Safisa” restoranida bo‘lib o‘tdi. Tantanani tashkillashtirish bilan Igor Krutoyning “ARS” kompaniyasi shug‘ullandi.
Eng qimmatbaho mehmon Sting bo‘ldi — u o‘z ishtiroki uchun 1,5 million yevro oldi. Jennifer Lopes 1 million, Enrike Iglesias 500 ming yevro, Alla Pugachyova esa 300 ming yevro ishlab oldi.
Izoh (0)