Amerikalik senator, prezidentlikka nomzodlardan biri Berni Sanders AQSh Demokratik partiyasi faollarining Vashington shtatidagi yig‘inlarida asosiy raqobatchisi Hillari Klintondan ustun kelmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
25-mart, juma kuni partiya milliy syezdi delegatlari saralab olindi. Ular noyabr saylovlarida partiya nomidan ishtirok etadigan nomzodni rasman tasdiqlaydi.
CNN telekanalining ma’lum qilishicha, yig‘inlar tamom bo‘lgan uchastkalardan birida Sanders 71 foiz, Klinton xonim esa 29 foiz ovoz to‘plagan. Yana bir uchastkada esa Sanders 85 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Ammo boshqa joylarda saylov yakunlangani yo‘q, butun Vashington miqyosida ovozlarni sanash esa endi boshlandi.
Izoh (0)