Toshkent shahri Bodomzor mahallasida yirik avtohalokat sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, Toshkent bank kolleji o‘quvchisi Captiva avtomobilida mahalladagi Cobalt va Spark avtomobillariga zarar yetkazibgina qolmay, piyodani ham urib yuborgan edi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Izohlarda foydalanuvchilardan biri mana shu mahallada yashashini, yo‘l-transport hodisasi oqibatida uning mahalladoshi, 3 nafar farzandning onasi jiddiy jarohat olganini bildirgan va uning shahardagi shifoxonalarning birida komada yotganini bildirgan edi.
Bugun, 26-mart kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ining Nargiza Ibragimova ismli foydalanuvchisi o‘zining mazkur YTHda jabrlanuvchi ekanligini aytdi. U yo‘l-transport hodisasi oqibatida zarar yetkazilgan Spark avtomobili uning oilasiga tegishli ekanligini ma’lum qildi. Nargiza Ibragimova, shuningdek, yo‘l-transport hodisasi jabrlanuvchisi bugun vafot etganini ham bildirgan.
Izoh (0)