Joriy yilning 26-fevral kuni 49 yoshini qarshi olgan Yaponiyaning “Yokogama” jamoasi hujumchisi Kazuyoshi Miura yapon jurnalistlari bilan suhbatda yana 10 mavsum davomida futbol o‘ynash niyatida ekanini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
“Menga futbol o‘ynash yoqadi. Maydonga tushib, to‘p tepsam huzurlanaman. Shu sababli ham 60 yoshimga qadar faoliyatimni davom ettirmoqchiman”, – dedi Miura hazil aralash.
Ma’lumot uchun, 1967-yilda tug‘ilgan yaponiyalik futbolchi o‘z faoliyatini 1986-yilda, Braziliyaning “Santos” klubida boshlagan. Ayni damda, u Avstraliyaning “Sidney” klubida ijara asosida to‘p surmoqda. E’tiborli jihati shundaki, Yaponiyaning O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuvlarida maydonga chiqqan Kazuyoshi Miura O‘zbekiston termasi darvozasiga 5 ta gol (shulardan 4 tasini bitta o‘yinda) kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)