Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning bayonotlarida ekstremistik ko‘rinishlar aniqlanmadi. Bu haqda respublika prokurori Sharpuddi Abdul-Qodirov ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Mazkur bayonotlardagi ekstremistik ko‘rinishlar yuzasidan murojaat etganlarga javob berildi, ularda bunday holat aniqlanmadi”, — deya ta’kidlagan prokuror.
Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov 13-yanvar kuni Grozniyda bo‘lib o‘tgan jurnalistlar bilan uchrashuvda muxolifatni “qo‘poruvchilik faoliyati uchun sud qilish lozim bo‘lgan xalq dushmanlari” deb atagan, shundan so‘ng Sankt-Peterburg qonunchilik yig‘ini deputati Maksim Reznik bu so‘zlarda ekstremizm alomatlari mavjudligiga aniqlik kiritishni so‘rab, Rossiya Bosh prokuraturasiga murojaat etgandi. Bosh prokuratura esa ushbu murojaatni o‘rganishni Checheniston prokuraturasiga topshirgandi.
Izoh (0)