Afg‘onistonda keyingi kunlarda kamida 33 nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Afg‘oniston qurolli kuchlari mamlakat sharqidagi bir necha viloyatlarda qator aksilterror operatsiyalarini amalga oshirdi. Mazkur amaliyotlar natijasida 16 nafar jangari jarohat olgani bildirilmoqda. Jangarilarning qaysi guruhga mansubligiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)