Shveysariyaning Bazel shahrida Baselworld soatlar ko‘rgazmasida soqchilik korxonasining rossiyalik xodimi stend yoniga bombaning mum nusxasini qo‘yib, trevoga ko‘tardi, deya xabar bermoqda Meduza.
Bu 22-mart kuni kunduzi, Bryusseldagi teraktlardan bir necha soat o‘tib sodir bo‘ldi. Rossiyalik xavfsizlik choralariga qanchalik rioya qilinayotganini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lganini tushuntirdi.
Soqchi sarosimani yuzaga keltira olmadi, ammo ba’zi odamlar qochishga chog‘landi. Yetib kelgan politsiyachilar pavilyonni evakuatsiya qilib o‘tirmadi.
25 yoshli rossiyalik qo‘lga olindi. U bilan birga 36 va 39 yoshli ikki isroillik ham hibsga olindi.
Izoh (0)