Buyuk Britaniyaning Surrey grafligida yashovchi ayol o‘zining chixuaxua itiga aksessuarlar va kiyim-kechak sotib olish hamda pardoz-andoz uchun 30 ming funt sterling (42 ming dollardan ziyod) sarfladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
2013-yili Jozefina Karter va uning qizi Kelli Kvini laqabli itni xarid qildi. O‘shandan beri ayol Kviniga muntazam ravishda turli-tuman matohlar sotib olishdan charchamaydi, uni massajga olib boradi, tirnoqlarini parvarishlaydi. Xonimning aytishicha, o‘tkinchilar sayr chog‘i ularni taniydi, iti bilan birga suratga tushish haqida ko‘p iltimos qiladi.
“Men Kvinining garderobiga o‘zimnikiga qaraganda ko‘proq mablag‘ sarflayman. Shunday bo‘lsa-da, o‘zimni bundan tiya olmayman”, — deydi 50 yoshli Karter.
Izoh (0)