Samarqandlik fotosuratchi Feruz Rustamov Instagram’dagi sahifasida Registon maydonida qariyb bir kun davomida olingan va 15 soniyaga “sig‘dirilgan” taymlapsni e’lon qildi.
Taymlapsni tayyorlash jarayonidagi videomontaj ishlarida boshqa bir fotosuratchi va rassom Zafar Dusanov yordam ko‘rsatgan. Video ostida fikr bildirgan Instagram’ning boshqa foydalanuvchilari muallifga rahmat aytib, uni olqishlagan.
Avvalroq YouTube’da davomiyligi 36 soniya bo‘lgan, nafaqat Samarqandning, balki Toshkentning-da diqqatga sazovor joylari aks etgan taymlaps e’lon qilingan edi.
Taymlaps (time-lapse) nima? Bu — qimirlamay turgan yoki asta surilayotgan kamera yordamida yetarli darajada uzoq vaqt, masalan, bir kun davomida olingan va, deylik, ikki daqiqaga “sig‘diriladigan” fotosuratlar ketma-ketligidir. Tan olish kerak, taymlaps janrida olingan roliklar odatda o‘zining go‘zalligi bilan hayratga soladi.
Izoh (0)