Fox News telekanali AQSh prezidentlik lavozimiga Respublikachilar partiyasidan nomzodlarning 21-mart kuni Solt-Leyk-Sitida (Yuta shtati) o‘tkazish rejalashtirilgan navbatdagi umummilliy teledebatini bekor qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Mamlakat siyosiy hayotidagi ushbu noodatiy hodisaga milliarder Donald Tramp sababchi bo‘ldi.
Ogayo shtati gubernatori Jon Keysik agar Tramp fikrini o‘zgartirsa, Yutaga borishga tayyorligini bildirgan.
“Debatlar shusiz ham yetarli bo‘ldi deb o‘ylayman”, — dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida. U debatda qatnashmaslik haqidagi qarorini ikki vaziyat: 21-mart kuni Jamoatchilik munosabatlari bo‘yicha Amerika—Isroil qo‘mitasining har yili o‘tkaziladigan majlisida qatnashish zarurati va aynan bir xil savollarga yana javob berishni istamasligi bilan asoslantirgan.
Izoh (0)