Italiya politsiyasi Veronadagi Kastelvekkio muzeyidan san’at asarlarini o‘g‘irlashda gumon qilib, 12 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qo‘lga olinganlar orasida 10 nafar Moldova fuqarosi va ikki nafar italiyalik bor. Moldovaliklardan to‘qqiz nafari mamlakatida hibsga olindi. Sharqiy Yevropadagi san’at asarlari qora bozorida sotilishi mo‘ljallangan kartinalar ham Moldovadan topildi.
Eslatib o‘tamiz, Uyg‘onish davri musavvirlarining 17 kartinasi (umumiy qiymati 15—20 million yevroga baholangan ushbu durdonalar orasida Rubens, Tintoretto va Mantenya asarlari bor) o‘tgan yilning 19-noyabrida o‘g‘irlab ketilgandi. Tergov jarayonida aniqlanishicha, mazkur jinoiy guruhga muzey qo‘riqchilaridan biri sherik bo‘lgan.
Izoh (0)