AQShning Stenford universiteti olimlari o‘z vaznidan 2000 marta oshiq og‘irlikdagi obyektlarni tashishga qodir mitti robotlarni yaratdi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar bermoqda.
Tadqiqotchilarni jamoa bo‘lib salmoqli og‘irliklarni tashishning uddasidan chiqadigan chumolilarning xatti-harakati ilhomlantirdi. Mitti robotlar ham shunday yo‘l tutadi va bu ularning imkoniyatini sezilarli ravishda oshiradi. Har bir robotning og‘irligi 100 grammga borib-bormaydi, biroq ulardan oltitasi salkam 2 tonna chiqadigan avtomobilni haydovchisi bilan joyidan jildirish uchun yetarli. Taqqoslash uchun, bu olti kishi Parijdagi Eyfel minorasini o‘rnidan siljitishi bilan teng.
Qizig‘i shundaki, chumoli robotlarning yolg‘iz o‘zi aytarli kuchga ega emas. Hamma gap harakatlarning umumlashtirilishi va bir nuqtadan ikkinchisiga o‘tish strategiyasida. Kelgusida mazkur texnologiyadan yuklarni tashishda muvaffaqiyat bilan foydalanish mumkinligi bildirilmoqda.
Izoh (0)