Fransiyaning Total neft kompaniyasi Eronda neft-kimyo majmuasi quradi. Bu haqda Eronning Shana energetik axborot agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Tehronda Total hamda Eron milliy neft-kimyo kompaniyasi o‘rtasida loyiha realizatsiyasi yuzasidan memorandum imzolangan.
Fors ko‘rfazi sohilbo‘yi zonasida qurilishi ko‘zlanayotgan korxonada etan, kerosin, suyultirilgan gaz va suyuq yoqilg‘ining boshqa turlari ishlab chiqariladi.
Eron korxona mahsulotlarini ham ichki bozorda, ham xalqaro bozorlarda realizatsiya qilishni ko‘zlamoqda.
Izoh (0)