Kolumbiyada shifokorlar 2015-yilning oktabridan buyon Zika virusi bilan kasallanishning 51 473 ta holatini qayd etdi. Ulardan 9 511 nafarini homilador ayollar tashkil etadi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“28-fevraldan 5-martga qadar Zika virusini yuqtirib olishning 3 702 ta holati qayd etilgan. Shundan 2 259 tasi yangi holat bo‘lsa, 1 443 tasi virusni avvalroq yuqtirib olgan, biroq turli sabablarga ko‘ra, oxirgi davrda qayd etilgan”, — deb ta’kidlanadi Kolumbiya Sog‘liqni saqlash milliy instituti tomonidan 12-mart, shanba kuni chop etilgan hisobotda.
Shu tariqa Kolumbiya hududida virus qayd etilgan holatlar rekord darajaga yetib, 51 473 nafar bemorni tashkil etmoqda.
Izoh (0)