Rossiyaning Tu-22M3 uzoq masofaga parvoz qiluvchi raketa tashuvchi bombardimonchi samolyotlari Novosibirsk viloyatidan chiqib, Tojikiston poytaxti Dushanbe chetidagi “Ayniy” aerodromiga yo‘l oldi. Bu haqda RF Markaziy harbiy okrugi qo‘mondoni yordamchisi, polkovnik Yaroslav Roshchupkin ma’lumot berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Uning so‘zlariga qaraganda, samolyotlar ekipajlari Tojikistonda o‘tayotgan qo‘shma mashg‘ulotlar doirasida Sharqiy Pomir tog‘ etaklaridagi shartli noqonuniy qurolli guruhlar lagerlariga 500 kilogrammli aviabombalar bilan zarba berishni mashq qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 9-mart kuni Tojikistonda terrorchilik xavfiga qarshi kurash malakasini oshirish bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikda yirik harbiy mashg‘ulotlar boshlandi.
Izoh (0)