Singapur qatorasiga uchinchi yil dunyoning yashash uchun eng qimmat shahri deb topildi. Bu haqda Economist Intelligence Unit markazining navbatdagi hisobotida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “RBK”.
Keyingi o‘rinlarda Syurix va Gonkong qayd etilgan. Shuningdek, eng qimmat shaharlar o‘nligiga Jeneva, Parij, London, Nyu-York, Kopengagen, Seul va Los-Anjeles ham kirgan. Mazkur ro‘yxatni Sidney, Melburn va Oslo tark etgan.
Economist Intelligence Unit yashash eng arzon bo‘lgan shaharlar reytingini ham e’lon qildi. Ro‘yxatni Zambiya poytaxti Lusaka boshqardi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Hindistonning Bangalor hamda Mumbay shaharlari joylashgan. Olmaota, Jazoir, Chennay, Karachi, Nyu-Dehli, Damashq va Karakas ham yashash arzon shaharlar qatorida keltirib o‘tilgan.
Izoh (0)